JavaScript - Brendan Eich
JavaScript - bu dasturlash tili bo'lib, asason web-sahifalarda interaktivlik yaratish uchun ishlatiladi. U 1995 yilda Brendan Eich tomonidan Netscape kompaniyasida ishlab chiqilgan Dastlab "Mocha" deb nomlangan,keyin "LiveScript"va nihoyat "JavaScript" deb o'zgartirildi

Tarixi va rivojlanishi
1995: Brendan Eich JavaScriptni ishlab chiqadi
1996: JavaScript standartlashtiriladi va ECMAScript nomi bilan tanilgan,
2005-yillar: AJAX texnologiyalari bilan JavaScripning ommolashuvi boshlanadi.
2015: ECMAScript 6 (ES6) chiqariladi, bu JavaScripning katta yangilanishidir va yangi sintaksis va funksuyalarini kiritadi.
Foydalanish joylari
Veb-sahifalar: Interaktiv elementlar yaratish uchun (tugmalar, formalar, animatsiyalar).
Server: Node.js orqali server kodlari yozish.
Mobil Ilovalar: React Native yordamida mobil ilovalar yaratish.
Analitika: Foydalanuvchi harakatlarini kuzatish va tahlil qilish.
Math Object
JavaScript'da Math object matematik funksiyalar va konstantalar bilan ishlash uchun mo'ljallangan. U veb ilovalarida ko'plab matematik amallarni bajarishga yordam beradi. Bu ob'ekt statik bo'lib, Math obyekti bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlanadi.
Math.PI
Pi qiymatini ifodalaydi, taxminan 3.14159 ga teng.
console.log(Math.PI); // 3.141592653589793
Math.round()
PSonni eng yaqin butunga aylantiradi.
console.log(Math.round(4.7)); // 5
console.log(Math.round(4.4)); // 4
Math.ceil()
Sonni yuqoriga qarab butunga aylantiradi.
console.log(Math.ceil(4.1)); // 5
Math.floor()
Sonni pastga qarab butunga aylantiradi.
console.log(Math.floor(4.9)); // 4
Math.random()
0 va 1 oralig'ida tasodifiy son yaratadi.
console.log(Math.random()); // 4
Math.max()
Bir nechta argumentlar orasidan eng katta qiymatni qaytaradi.
console.log(Math.max(1, 3, 2)); // 3
Math.min()
Bir nechta argumentlar orasidan eng kichik qiymatni qaytaradi.
console.log(Math.min(1, 3, 2)); // 1
Math.pow()
Bir sonni ikkinchisiga daraja qilish uchun ishlatiladi.
console.log(Math.pow(2, 3)); // 8 (2 darajasi 3)
Math.sqrt()
Sonning kvadrat ildizini qaytaradi.
console.log(Math.sqrt(16)); // 4
Math.abs()
Sonning modulini (musbat qiymat) qaytaradi.
console.log(Math.abs(-5)); // 5
Math.log()
Natural logarifmni qaytaradi (sonning tabiiy logarifmi).
console.log(Math.log(Math.E)); // 1
console.log(Math.log(1)); // 0
Math.exp()
e ni ko'rsatilgan darajaga ko'taradi.
console.log(Math.exp(1)); // 2.718281828459045 (e)
Data Types
Primitive
String
String: Matnli ma'lumotlarni ifodalaydi. Ikkita qo'shtirnoq yoki bitta qo'shtirnoq ichida yoziladi.
let greeting = "Hello, World!";
Number
Number: Sonli ma'lumotlarni ifodalaydi. Butun sonlar va o'nlik sonlarni o'z ichiga oladi.
let age = 25;
let price = 19.99;
Boolean
Boolean: True yoki False qiymatlarini ifodalaydi. Mantiqiy operatsiyalarda qo'llaniladi.
let isValid = true;
let hasPermission = false;
Undefined
Undefined: Qiymat aniqlanmagan yoki o'zgaruvchi e'lon qilinganda lekin qiymat belgilamaganda bo'ladi.
let x;
console.log(x); // undefined
Symbol
Symbol: Unikal va o'zgarmas qiymatni ifodalaydi. Ko'pincha identifier sifatida ishlatiladi.
let sym = Symbol('description');
BigInt
BigInt: Juda katta butun sonlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
let bigNumber = BigInt (9007199254740991);
Non-Primitive
Object
Murakkab ma'lumotlarni ifodalaydi va o'z ichiga ma'lumotlar to'plamini oladi.
let person = {
name: "John",
age: 30,
isStudent: True};
Array
Array: Qiymatlar ro'yxatini ifodalaydi. JavaScript'da bu shuningdek ob'ektning bir turi.
let colors = ["red","green","blue";
Function
Function: Funksiyalar kodlarni takrorlash yoki qayta ishlash uchun ishlatiladi.
function greet() {
console.log("Hello world");
}
greet();
Date
Date: Sana va vaqt bilan ishlash uchun ishlatiladi.
let today = new Date();
IF ELSE
JavaScript'da if...else shartlari mantiqiy operatsiyalarni bajarishda juda muhim rol o'ynaydi. Bu shartlar kodni muayyan sharoitlar asosida ishlatish imkonini beradi.
IF
IF sharti faqatgina shart to'g'ri bo'lganda bajariladi.
let age = 18;
if (age >= 18) {
console.log("Siz yetuk yoshdasiz.");
}
Info:Agar age qiymati 18 yoki undan katta bo'lsa, "Siz yetuk yoshdasiz" xabari chiqariladi.
ELSE
IF sharti faqatgina shart to'g'ri bo'lganda bajariladi.
let age = 16;
if (age >= 18) {
console.log("Siz yetuk yoshdasiz.");
} else {
console.log("Siz yetuk yoshda emassiz.");
}
Info:Agar age qiymati 18 dan kichik bo'lsa, "Siz yetuk yoshda emassiz" xabari chiqariladi.
ELSE IF
ELSE IF sharti qo'shimcha shartlarni tekshirish uchun ishlatiladi.
let age = 20;
if (age < 13) {
console.log("Siz bola yoshdasiz."
else if (age >= 13 && age < 18) {
console.log("Siz o'smir yoshdasiz.");
} else {
console.log("Siz yetuk yoshdasiz.");
Info:Bu yerda turli yosh guruhlari bo'yicha xabarlar chiqariladi: bola, o'smir yoki yetuk yosh.
Nested IF Shartlari
IF shartlari ichida boshqa IF shartlarini ishlatish mumkin.
let age = 25;
if (age >= 18) {
console.log("Siz yetuk yoshdasiz.");
if (age >= 21) {
console.log("Siz ovoz berish huquqiga egasiz.");
}
} else {
console.log("Siz yetuk yoshda emassiz.");
}
Info:Bu kodda birinchi if sharti ichida boshqa if sharti ishlatiladi.
Ternary Operator
Yana bir qulay usul – ternary operatori. Bu oddiy shartlarni yozishda ishlatiladi.
let age = 18;
let message = age >= 18 ? "Siz yetuk yoshdasiz." : "Siz yetuk yoshda emassiz.";
console.log(message);
Info:Shart to'g'ri bo'lsa, birinchi xabar, noto'g'ri bo'lsa, ikkinchi xabar chiqariladi.